Fransiya shimolidagi Sena va Marna ma’muriy territorial okrugida sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida uch kishi jarohat oldi. Bu haqda Republique 77’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, otishma Dammari-le-Lis munitsipalitetidagi 40 ga yaqin odam to‘plangan jamoat joyida sodir bo‘lgan.
Jarohat olganlardan bir nafarining ahvoli og‘ir. Voqea joyida huquq-tartibot xizmati xodimlari ishlamoqda.
Hozircha noxush xodisa borasida batafsil ma’lumot berilganicha yo‘q.
Izoh (0)