“Davlatlar bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, ijtimoiy taraqqiyot yo‘li, tub manfaatlari va tashvishlarini hurmat qilishi zarur”, — ta’kidladi Si Szinpin.
Xitoy poytaxti Pekinda 13-may, shanba kuni “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi.
Forumda 29 davlat va hukumat rahbari ishtirok etmoqda.
Ular qatorida O‘zbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveysariya, Turkiya, Vyetnam, Qirg‘iziston prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari, shuningdek, Myanma davlat kotibi bor.
Izoh (0)