Microsoft kompaniyasi 12-may kuni ba’zi mamlakatlarda sodir bo‘lgan xakerlik hujumi haqida izoh berdi, deb xabar qildi “RBK”.
“Bugun bizning mutaxassislarimiz Ransom: Win32.WannaCrypt nomli zararli dasturga qarshi yangi himoyani topdi va uni o‘rnatdi. Shuningdek, biz mart oyida zararli dasturlarning tarmoqda tarqalishini oldini oladigan, himoya tizimining yangilangan xavfsizligi bilan taqdim qilgan edik”, — deyiladi e’londa.
Shu bilan birga, kompaniyaning ta’kidlashicha, “bepul antivirus” va “Windows’ning yangilangan versiyasi himoyalangan”.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar “qo‘shimcha yordam ko‘rsatish” maqsadida foydalanuvchilar bilan ishlamoqda.
12-may kuni Rossiyaning “MegaFon” va “VimpelKom” telekommunikatsiya kompaniyasi xakerlik hujumiga uchragan edi. “Kasperskiy Laboratoriyasi” tahlil natijalariga tayanib ma’lum qilishicha, hujum “mashhur Microsoft Security Bulletin MS17-010 nomli tarmoq zaifligi” orqali amalga oshirilgan.
Izoh (0)