Yaponiya poytaxti Tokiodagi metro bekatlaridan birida masjid ochiladi. Masjid qurish haqidagi qaror East Japan Railway Company firmasi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi “Golos Islama”.
Firma vakillari o‘z qarorini shu bilan izohladiki, Yaponiyaga janubi-sharqiy Osiyodan musulmon sayyohlar yildan-yilga tobora ko‘proq tashrif buyurmoqda.
Firma bosh direktori aytishicha, masjid 5-iyun kuni ochiladi. Musulmonlar undan 8:30 dan 19:00 ga qadar foydalanishi mumkin bo‘ladi, dam olish kunlari esa u 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.
Masjid maydoni 8 kvadrat metrga teng . Shuningdek, tahorat olish uchun alohida xonasi ham bor.
Izoh (0)