AQSh Davlat departamentiga Shimoliy Koreyada amerikalik fuqaro qo‘lga olingani ma’lum. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz AQSh fuqarosi Shimoliy Koreyada qo‘lga olinganidan xabardormiz. Bunday holatlarda AQShning KXDRdagi manfaatlarini himoya qiladigan Shvetsiyaning Pxenyandagi elchixonasi bilan ishlaymiz”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
6-may kuni Pxenyandagi fan va texnologiyalar universiteti xodimi Kim Xak Son qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U qo‘poruvchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Kim Xak Son Shimoliy Koreyada tutib turilgan AQShning to‘rtinchi fuqarosi bo‘ldi.
Izoh (0)