AQSh prezidenti Donald Tramp va Peru yetakchisi Pedro Kuchinski telefon orqali muloqot davomida Venesueladagi siyosiy va iqtisodiy inqirozni muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Prezident Tramp Qo‘shma Shtatlar Venesuela xalqiga yordam ko‘rsatish va bu yerdagi demokratik tuzilmalarni mustahkamlash borasida Peru bilan hamkorlik qilishini bildirdi”, — deyiladi Oq uy bayonotida.
Kuchinski, shuningdek, Perudagi toshqinlardan so‘ng yetkazilgan gumanitar yordam uchun AQShga minnatdorligini bildirdi.
Izoh (0)