Janubiy Koreya qurolli kuchlari 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari arafasida kuchaytirilgan jangovar holatga keltirildi. Bu haqda mamlakat milliy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Mun San Gyun ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Qo‘shinlar jangovar tayyorgarlikning kuchaytirilgan tartibini saqlab qolmoqda”, — deya ta’kidladi Mun San Gyun.
Rasmiy vakilning bildirishicha, Shimoliy Koreya bu paytda ballistik raketalar uchirishi yoki yadro quroli sinovini amalga oshirishi mumkin.
Izoh (0)