Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inlar sababli Sibir federal okrugining butun hududida 28-apreldan e’tiboran favqulodda holat tartibini joriy etdi. Bu haqda vazirlik rahbari Vladimir Puchkov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Avvalroq FVVning okrug bo‘yicha boshqarmasi Sibirda mingga yaqin o‘rmon yong‘inlari o‘choqlari aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Yong‘in, xususan, chiqindilarning yoqilishi va shaharchalarda daraxtlarning qurib qolgani sababli ham tez tarqalmoqda.
Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk va Irkutsk viloyatlaridani yong‘inlar eng muammoli deb hisoblanmoqda. Yong‘inlarni o‘chirish uchun 150 kishi va 50 dona texnika jalb etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)