Stokgolmda ro‘y bergan terakt oqibatida jabrlanganlarning beshinchisi shifoxonada halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“Shvetsiya janubidagi shifoxonada davolanayotgan 60 yoshli ayol Drottninggatan ko‘chasida sodir bo‘lgan terakt oqibatida olgan jarohati sabab 28-aprel tongida olamdan o‘tdi”, — deyiladi politsiya press-relizida.
7-aprel kuni Spendrups kompaniyasiga tegishli o‘g‘irlab ketilgan yuk mashinasi Stokgolm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgandi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jarohat olgan, besh kishi halok bo‘lgan. Prokuratura terakt ishida gumonlanuvchi sifatida o‘zbekistonlik bo‘lgan 39 yoshli Rahmat Oqilovni qo‘lga olgan edi. Unga nisbatan ayblov 11-maygacha e’lon qilinadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)