Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya rasmiylari mamlakat Yevroittifoq tarkibidan chiqqanidan so‘ng boshqa davlatlarga qarshi sanksiyalar joriy etishiga imkon beruvchi qonunlar ustida ishlamoqda. London cheklovchi choralar qo‘llash bo‘yicha vakolatlarining aksariyatidan Brexit’dan so‘ng mahrum bo‘ladi, deya xabar beradi “TASS”. 

Foto: EPA

Foto: EPA

Mamlakat vazirlari o‘tgan haftada mazkur masaladagi maslahatlashuvlarga kirishdi. Yangi qonun loyihasi parlamentga 19-iyunda bo‘lib o‘tadigan muddatdan avvalgi saylovlardan so‘ng kiritilishi mumkin. 

Buyuk Britaniya hozirda BMT va Yevroittifoq tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni qo‘llashga majbur. Cheklovchi choralarning ko‘pchiligini amalga oshirish uchun London Yevropa qonunchiligidan foydalanadi.

Qayd etishlaricha, mamlakatning bir tomonlama sanksiyalar kiritish imkoniyati cheklangan. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi