AQSh ma’muriyati Yevropadan uchib keladigan yo‘lovchilarga samolyot bortiga qo‘l yuki sifatida noutbuk va boshqa yirik elektron qurilmalarni olib chiqishni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Guardian nashriga tayanib, Meduza xabar berdi.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligi vakili Jillian Kristensenning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q.
The Guardian nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, cheklov 2017-yil mart oyida AQSh transport xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Yaqin Sharq mamlakatlaridan keluvchi yo‘lovchilarga nisbatan kiritilgan cheklovga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Misr, Iordaniya, Quvayt, Marokash, Qatar, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAAdan AQShga uchib keluvchi yo‘lovchilar telefondan katta hajmli elektron qurilmalarni yukxonaga topshirishi shart. Salonga tibbiy qurilmalarni olib chiqishga ruxsat etiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)