Venesueladagi norozilik namoyishlari davomida 31-martdan beri 106 nafar OAV xodimi hujumga uchradi. Bu haqda mamlakat matbuot xodimlari milliy kasaba uyushmasi (SNTP) ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Jurnalistlardan 14 nafari hibsga olindi. 7 kishi Milliy gvardiya, 3 kishi razvedka xizmati va qolganlari politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
“Gap xavotirga soluvchi raqamlar haqida ketmoqda. Bu demokratik davlat gapirish va bilish huquqi ta’minlanishi uchun taqdim etishi lozim bo‘lgan kafolatlarga zid hisoblanadi”, — deyiladi kasaba uyushmasi bayonotida.
SNTP yuz bergan holatlarni qoraladi va rasmiylardan bunga javobgarlarni jazolashni talab qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)