AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Suriyadagi Shayrat aviabazasiga raketa zarbasi berish haqidagi otasining qaroriga ta’sir o‘tkazmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Germaniyaga tashrifi vaqtida aytdi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.
“Bu noto‘g‘ri talqin, — dedi Ivanka Tramp,— Davlat rahbari shunchaki hissiyotlarga tayanib qaror qila olmaydi”.
Uning aytishicha, otasi uning nuqtayi nazariga e’tibor qaratgan, biroq zarba berish haqidagi buyruq hukumatdagi oliy darajadagi maslahatlashuvlardan so‘ng berilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)