Namangan shahridagi Marg‘ilon ko‘chasida yashovchi Baxtiyor Tojiyev (ism-shariflar shartli) ichki ishlar idoralariga Nexia avtomobili yukxonasidan 5 million so‘m o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat IIB tezkor xizmat xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-safarbarlik guruhi inspektori E.Ergashev tomonidan Ilhom Egamov boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashina to‘xtatilib, uning egasi qo‘lga olindi.
Avtomashina yukxonasidan daliliy ashyolar — Baxtiyor Tojiyevga tegishli 5 million so‘m pul va otvyortka topildi hamda bu bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar olindi.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)