Qirg‘iziston hukumati “O‘zbekiston milliy havo yo‘llari” MAK bilan Toshkent — Tamchi — Toshkent yo‘nalishidagi reysni yo‘lga qo‘yish borasida muzokara olib bormoqda, deb xabar beradi “1news.uz”.
Bu haqida matbuot anjumanida turizm departamenti direktori Azamat Jamanqulov ma’lum qildi.
“Ular bu imkoniyatni ko‘rib chiqyapti. Hozirda aeroport Olmаota, Novosibirsk va O‘sh shahri reyslariga xizmat ko‘rsatmoqda”, — dedi Jamanqulov.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)