“Qoraqalpoqko‘mir” unitar korxonasi tomonidan 1,22 milliard so‘m mablag‘ hisobiga Amudaryo, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot, Chimboy, To‘rtko‘l tumanlari va Nukus shahrida ko‘mir briketi ishlab chiqaruvchi korxonalarni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “KRuz.uz” xabar berdi.
Korxonalar qoshida omborxonalar bunyod etiladi. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘mir briketi ishlab chiqarish quvvati oyiga 5760 tonnaga yetkaziladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)