Chust tumanining Olmos qishlog‘ida yashovchi Adhambek Turdiyev (ism-shariflar shartli) ichki ishlar idorasiga o‘z tanishidan katta summadagi pulini qaytarib ololmayotgani yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yil dekabrida A. Turdiyevning tanishi To‘lqin Mo‘ydinov Namangan shahrida joylashgan avtomobil bozoridan Captiva rusumli mashina olib berishni va’da qilib, 75 million so‘m pulini olgan.
Biroq hozirga qadar na avtomobil olib berilgan, na pul qaytarilgan. To‘lqin Mo‘ydinov o‘ziga ishongan tanishining qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib kelgan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘aldi. T. Mo‘ydinov tilxat bilan ochiqda qoldirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)