Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish masalasida o‘tkazilgan referendum Yevropa Kengashi standartlariga muvofiq kelmaydi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) kuzatuvchilari missiyasi xulosasida so‘z boradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, referendumning texnik tomoni yaxshi tashkil etilgan, biroq ovoz beruvchilarga ko‘zda tutilgan islohotlar haqida hissiyotlardan xoli axborot taqdim etilmagan.
“Umuman olganda, referendum Yevropa Kengashi standartlariga muvofiq kelmagan”, — deyiladi kuzatuvchilar missiyasi bayonotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)