AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan bo‘ladigan u yoki bu darajadagi tahdidlarga qanday javob bermoqchi ekani haqida jamoatchilikni boxabar qilmaydi. Bu haqda AQSh prezidentining matbuot kotibi Shon Spayser ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Biz vaziyatni kuzatishda davom etamiz, prezident ma’muriyati Shimoliy Koreya tomonidan bo‘ladigan harakatlar va tahdidlar haqida axborot berib turadi. Biz zarur choralarni ko‘ramiz. Biroq, o‘ylashimcha, prezident KXDR tomonidan bo‘ladigan salohiyatli tahdidlarga qanday javob choralari ko‘rishi haqida aytmasligini ochiq bildirib bo‘ldi”, — dedi Spayser.
Uning ma’lum qilishicha, Tramp KXDRda yuz berishi mumkin “har turli kutilmagan vaziyatlar”ga, xususan, yadroviy sinov va ballistik raketalarning uchirilishi bilan bog‘liq holatlarga tayyor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)