Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe va Lotte Group konglomerati raisi Sin Don Binga poraxo‘rlik bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Mamlakat sobiq rahbari 29-mart kuni hibsga olingan edi. Pak Kin Xeni hibsga olish orderini Seul sudi bergan.
Sud uni poraxo‘rlikda, vazifasini suiiste’mol qilishda, noqonuniy bosim o‘tkazishda va davlat sirlarini oshkor etishda ayblagan. Sobiq prezident tergovlarda o‘ziga qo‘yilgan ayblarni inkor qildi.
Avvalroq agar sobiq prezident aybdor deb topiladigan bo‘lsa, u 10 yildan 45 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)