AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens AQShning KXDRga nisbatan “sabr kosasi to‘lganini” ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
“Strategik sabr davri bo‘lgan edi, biroq u o‘z nihoyasiga yetdi”, — dedi Pens Koreya yarimorolini ikkiga bo‘lib turuvchi harbiysizlantirilgan hududni ko‘zdan kechirish vaqtida. Uning ta’kidlashicha, KXDRga nisbatan har qanday chora qo‘llanilishi mumkin va Shimoliy Koreya AQShning ittifoqchilar bilan birlashishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Harbiysizlantirilgan hududni borib ko‘rish AQSh vitse-prezidentining Osiyoga tashrifi dasturiga kiradi. Shuningdek, u Janubiy Koreya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xvan Gyo An bilan muzokara olib borishi hamda KXDRning raketa va yadro dasturini to‘xtatishni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)