Hindistondagi qishloqlaridan birida suvsizlikdan qiynalayotgan qirollik kobrasi mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolindi, unga idishda suv berishga jur’at topishdi. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ilon tasviri tushirilgan video bir sutka davomida 400 ming martadan ortiq tomosha qilindi.
Rolikda ilonning xotirjam suv ichayotgani, erkaklardan biri esa yelim butilkadan suv quyib turgani namoyish qilingan.
3,5 metr uzunligidagi kobra mahalliy qishloqlardan biriga suv ilinjida kelganida qutqarib qolingan.
Hozirda Hindistonning janubiy qismida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan kuchli qurg‘oqchilik nafaqat qishloq xo‘jaligi hamda o‘n minglab oilalarga, balki yovvoyi tabiatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)