Yoshgina qizlar o‘z tasavvurlaridagi go‘zallikka erishish uchun nimalar qilmaydi, deysiz. Go‘zallik ortidan quvgan qizlarning aksariyati hatto salomatliklarini ham xavf ostiga qo‘yadi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Rossiyaning Rostov-Don shahrida yashovchi 19 yoshli qiz changyutgich trubasini lablariga bir daqiqa qo‘yib turdi. Kuchli og‘riqni sezganidan keyingina u texnikani elektrdan uzdi.
“Natija qiz kutgandek bo‘lmadi. Lablari shishib ketganini ko‘rgan qiz tez yordam chaqirdi. Shifokorlar qizni shifoxonaga olib ketmoqchi bo‘ldi, biroq u bundan bosh tortdi”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)