Shotlandiyalik Pol Douson Inverness shahri chekkasidagi dalada kezib yurgan, kattaligi uyidagi dalmatin va labrador itlaridan qolishmaydigan qora mushukni payqadi va suratga tushirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Suratlar pochtachi va havaskor fotograf Pol Douson tomonidan 26-mart kuni kechki payt olindi. U mushukdan 500 metr narida bo‘lgan va 300 millimetrli obyektivga ega kameradan foydalangan.
Dousonga ko‘ra, mushuk yemish qidirib dalada taxminan 10 daqiqa izg‘igan. Shundan so‘ng u jonivorni boshqa ko‘rmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)