Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi 30 yoshli Sidney Smit jirafalarga keragidan ortiq mehr qo‘yib yuborganlardan. “Darakchi.uz”ning yozishicha, ayol o‘z tashqi ko‘rinishini shu jonivorlarga o‘xshatish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.
Xabar berishlaricha, Sidney jirafaga o‘xshash maqsadida 5 yildan beri bo‘ynini uzaytirishga urinadi. Buning uchun ayol padaung xalqi qo‘llab kelgan usul — mis halqalardan foydalanmoqda.
Hozirda Sidneyning bo‘yniga 15 ta mis halqa taqilgan. Bu taqinchoq qizga bir qancha noqulayliklar tug‘dirsa-da, u chekinmoqchi emas. Aytmoqchi, u jirafaga o‘xshashning oson yo‘lini ham biladi — xoldor libos kiyib yuradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)