Yuridik shaxslar soliq hisoboti va hisob-fakturalar shakllarida XXTUT kodi o‘rniga IFTUT kodi aks ettirilishi lozim. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan yangi tartiblar o‘rnatildi. O‘zgarishlar 22-martdan kuchga kirgan.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari umumdavlat tasnifnomasi (XXTUT) kodi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi qaroriga asosan iqtisodiy faoliyat turlari xalqaro tasnifnomasiga o‘tilishi munosabati bilan iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasnifnomasi (IFTUT) kodiga o‘zgartirildi.
“Norma.uz”ning yozishicha, yuridik shaxs hisob-fakturani rasmiylashtirishda majburiy tartibda unda ham o‘z tashkiloti, ham xaridor (buyurtmachi) IFTUT kodini ko‘rsatishi lozim.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)