O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 28—29-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Abdulaziz Komilov Parijda Markaziy Osiyo davlatlari va Fransiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida Parij shahrida Fransiya tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero, Fransiya taraqqiyot agentligi va MEDEF — Fransuz korxonalari harakati rahbariyati bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)