Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda “Xalq banki”ning o‘z xodimi bankdan katta miqdordagi pullarni o‘g‘irlagani haqida xabar tarqalgan. Bank matbuot xizmati masala yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘g‘rilik holati joriy yil aprelda sodir etilgan. Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi tomonidan bankning dasturiy taʼminotiga noqonuniy kirgan holda 9,5 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Holat bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
“Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi manbada.
O‘z navbatida “Xalq banki” korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va unga qarshi kurashish bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarilayotganini eslatgan.
Avvalroq “Xalq banki” xodimi 750 million so‘m pensiya pullarini qimorga tikib, yutqazib qo‘ygani xabar qilingandi. Shu bilan birga, mazkur bank tenderlarida aka-ukalar bellashgani ham maʼlum bo‘lgan.
Izoh (0)