Shimoliy Koreya Isroilning G‘azo sektorining butun hududini bosib olish rejasini qoralaydi va Isroil kuchlarining u yerdan chiqib ketishini talab qiladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Hujjatda aytilishicha, “Isroil hukumatining Falastin G‘azo sektorini to‘liq bosib olish to‘g‘risidagi “qarori” xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzadi va xalqaro miqyosda tan olingan Falastin hududini egallashga intilishda namoyon bo‘layotgan (Isroilning) bosqinchilik mohiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi”.
Pxenyan “G‘azo sektorining hududiy mansubligini va uning aholisi tarkibini bir tomonlama o‘zgartirishga urinishlar”ni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlagan hamda falastinliklarga qarshi hujumlarni darhol to‘xtatishni talab qilgan.
4-avgust kuni Netanyaxu Vazirlar Mahkamasi yordamida G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga qaror qildi. Hozirgi paytda SAHAL hududning taxminan 75 foizini nazorat qilmoqda. Yangi reja doirasida Isroil qurolli kuchlari qolgan barcha hududlarni o‘z boshqaruviga oladi.
Izoh (0)