27-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Prezident jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. Tadbirlarni tasdiqlovchi qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14-mart kuni imzolangan.
2. Ravon 2017-yilda Rossiyadagi savdo hajmini 25 marta oshirishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqaruvchilar Rossiyada yiliga 50 mingta Ravon avtomobillarini sotishni maqsad qilgan.
3. Donald Tramp mamlakatga keluvchi muhojirlarning kamayganini ma’lum qildi. “Ko‘plab muhojirlar hatto mamlakatga kirishga harakat qilmayapti”, — deb yozgan Tramp o‘z sahifasida.
4. Samvel Babayan muxlislardan dalda so‘rab, balki ertaga iste’foga chiqishi mumkinligini aytdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28-mart, seshanba kuni Qatarga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvini o‘tkazadi.
5. O‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorovni kalaka qilmoqchi bo‘lgan afrikalik nokautga qanday uchradi? Zimbabvelik Charlz Manyuichi bekor bunday qiliq qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)