O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 28-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3595 so‘m 2 tiyin etib belgilandi. Bu 23-martdagi kursga nisbatan 46 so‘m 91 tiyinga ko‘p.
28-martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3883 so‘m 95 tiyin (23-martdagi kursga nisbatan 82 so‘m 37 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 62 so‘m 60 tiyin (23-martdagi kursga nisbatan 61 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)