• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kavkazdagi “katta o‘yin”ning yangi sahifasi. Zangazur koridori ustidagi geosiyosiy raqobat

    So‘nggi kunlarda Zangazur yo‘lagi masalasi xalqaro siyosatning eng qizg‘in muhokama mavzularidan biriga aylandi. Ayniqsa, Ozarbayjon prezidenti va Armaniston rahbarining Oq uyda Amerika prezidenti vositachiligida tinchlik deklaratsiyani imzolashi va ushbu hujjatning bir qismida tilga olingan Zangazur yo‘lining Qo‘shma Shtatlarga 99 yilga ijaraga berishi — ushbu masalaning qanchalik murakkab va ko‘p qirrali ekanini ko‘rsatadi.

    Bu yo‘lak nafaqat Ozarbayjon va Naxchivonni bir-biriga bog‘laydigan transport liniyasi, balki butun Janubiy Kavkaz va unga tutash mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ta’sir qiluvchi strategik loyiha hisoblanadi. Quyidagi maqolada Zangazur koridori atrofidagi geosiyosiy kuchlar, ularning loyihaga bo‘lgan qizishlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston uchun bu yo‘lakning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

    Turkiy dunyoning qon tomiri

    Zangazur koridori — Armanistonning janubidan o‘tadigan taxminan 40 km uzunlikdagi transport yo‘li bo‘lib, Ozarbayjonning asosiy hududini uning eksklavi (mamlakatning asosiy hududidan ajratilgan va boshqa davlatlar bilan o‘ralgan suveren bo‘lmagan mintaqadir — Wikipedia.)ni Naxchivan avtonom respublikasiga bog‘laydi.

    Shu bilan birga, bu yo‘l Ozarbayjonni Turkiya bilan quruqlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydi. Bundan tashqari, loyiha Turkiyadan Ozarbayjonga, undan Kaspiy orqali Markaziy Osiyo va Xitoyga quruqlik yo‘li yaratishni ko‘zda tutadi.

    Agar xaritaga qaraladigan bo‘lsa, Zangazur yo‘lining ishga tushishini — turkiy dunyo integratsiyasiga qo‘yilgan katta ustun deb ham atash mumkin. Chunki koridorning ishga tushishi “turk dunyosi” ichidagi transport integratsiyasini kuchaytiradi. Bu esa Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ham siyosiy, ham iqtisodiy ta’sirni oshiradi.

    Misol uchun, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ozarbayjonga safari (2025-yil iyul) ortidan jurnalistlarga bergan intervyusida Zangazur koridori haqida quyidagicha fikr bildirdi:

    “Zangazur koridori nafaqat Ozarbayjonni Naxchivon bilan bog‘laydigan yo‘l, balki turkiy dunyoga integratsion yo‘ldir. Qisqa muddat ichida bu koridor ochilishi Kavkaztransport va energiya infratuzilmasini mustahkamlashga xizmat qiladi”.

    Zangazur yo‘lagi ochilsa, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjonga, undan Turkiya va Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l va avtomobil yo‘li orqali chiqish imkoniga ega bo‘ladi.

    Rasmiy jihatdan yo‘lak mintaqaviy savdo va transport aloqalarini tiklashga xizmat qilishi kerak. Lekin amalda bu yo‘l ustida bir qancha mintaqaviy va xalqaro kuchlarning manfaatlari kesishgan.

    Picture background
    Zangazur koridori
    Foto: topwar.ru

    Rossiya va Eron xavotirda

    Birinchi galda Zangazur yo‘lining ishga tushishi va qolaversa bu yo‘lni AQSH nazoratda ushlashi — Tehron va Moskva tomonidan potensial tahdid sifatida qabul qilinadi. Kreml hozircha koridorning Qo‘shma Shtatlar tasarrufiga o‘tishiga munosabat bildirmagan bo‘lsa-da, biroq Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi.

    Zangazur yo‘lagining ochilishi va u AQSHga aloqador kompaniyaga topshirilishi, Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi pozitsiyalariga jiddiy zarba bo‘ldi. Bu Kreml tomonidan Rossiyaning postsovet hududidagi oxirgi ta’sir vositalaridan biridan siqib chiqarishga urinish sifatida qabul qilinishi mumkin.

    Koridor Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyaga transport-logistik jihatdan bog‘liqligini kamaytiradi. Bu esa Moskvaning ta’sir kuchini mintaqada sezilarli ravishda pasaytiradi. Amerikalik strateg va siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy aytganidek, Ozarbayjonning Rossiyadan mustaqil bo‘lishi — Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevropa bilan aloqa qilishiga yo‘l ochadi.

    Tehron esa Zangazur atrofidagi bo‘layotgan ishlarni Anqara rahbarligida Janubiy Kavkaz xaritasini o‘zgartirishga urinish sifatida qabul qilmoqda.

    Koridor Turkiya–Ozarbayjon o‘qini mustahkamlaydi, Eronga va Rossiyaga bosimni kuchaytiradi. Loyiha amalga oshsa, Eron Armanistondan ajralishi va Janubiy Kavkazdagi ta’sirini yo‘qotishi mumkin.

    Picture background
    Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston davlat rahbarlari
    Foto: politik.am

    Eron uchun alohida tashvish uyg‘otayotgan jihatlardan yana biri — Ozarbayjon bilan harbiy, razvedka va texnologik sohalarda yaqindan hamkorlik qilayotgan Isroil ta’sirining ortishidir. Koridor ochilishi bilan Isroil Eron chegaralariga bilvosita chiqish imkoniga ega bo‘lib, Tehronga bosimni kuchaytiradi va Janubiy Kavkazdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi.

    Shuningdek, Eron uchun Armaniston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruqlik chegarasi nafaqat transport-logistika, balki geoiqtisodiy ahamiyatga ham ega.

    Hozir Eron–Armaniston chegarasi (taxminan 44 km) Eronning Shimolida, Aras daryosi bo‘yida joylashgan. Bu chegara Eron uchun Shimolga chiqishning yagona yo‘li va Armaniston uchun Eron orqali Janubga chiqish yo‘li hisoblanadi.

    Agar Zangazur koridori ochilsa, Armanistonning janubiy qismi (Syunik viloyati) orqali Ozarbayjonning g‘arbiy hududi bilan Naxchivan avtonom respublikasi tutashtiriladi.

    Koridor tranzit hududga aylangani uchun Eron Armanistonga bevosita chiqish imkonidan amalda mahrum bo‘lishi mumkin. Ya’ni transport va iqtisodiy oqimlar Erondan emas, balki Zangazur yo‘lagidan o‘tishni boshlaydi.

    Tabiiyki, bunday xavotirlar va risklar Moskva va Tehronni unga qarshi choralar ko‘rishga undaydi. Siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyipnazarovning fikriga ko‘ra, Rossiya bu mintaqadagi ta‘sirini yo‘qotmaslik uchun Armanistondagi ayrim kuchlarni qo‘llash orqali mavjud hokimiyatni o‘zgartishga harakat qilishi mumkin.

    “Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Rossiya Gyumri yaqinidagi harbiy bazasida askarlar soni ko‘paytirmoqda. Hatto bir necha bor provokatsion harakatlarni amalga oshirgan. Aytmoqchi bo‘lganim, Rossiya nima qilib bo‘lsa ham Zangazur yo‘lagiga suqilib kirishga intiladi. Rossiya ko‘proq Armanistondagi hokimiyatni almashtirishga harakat qilmoqda”, deydi u.
    Picture background
    Foto: YouTube

    Bir o‘q bilan uch quyon

    Janubiy Kavkaz mintaqasidagi o‘zgarishlardan katta manfaat ko‘rayotgan davlat – bu AQSH. Amerika vositachiligida imzolangan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yaqindagi tinchlik kelishuvi, bu yo‘nalishni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha 99 yillik kontsessiyani amerikalik konsorsiumga taqdim etishi, Vashingtonning mintaqadagi chuqur manfaatdorligi va faol ishtirokining yorqin dalilidir.

    Mazkur loyiha “Xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘lida Tramp marshruti” (TRIPP) deb qayta nomlanib, mintaqadagi xavfsizlik va iqtisodiy aloqalarning yangi arxitekturasi sifatida taqdim etilmoqda hamda AQSH manfaatlarini bir nechta asosiy yo‘nalishda aks ettiradi va ilgari suradi.

    Shu bilan birga, ushbu loyihada AQSHning asosiy rolda bo‘lishi, mintaqadagi geosiyosiy raqiblari bo‘lgan Rossiya, Eron va Xitoy ta’sirini zaiflashtiradi. Bu ma’noda Vashington bir o‘q bilan uch quyonni urmoqda.

    An’anaviy ravishda Rossiya Janubiy Kavkazdagi yetakchi o‘yinchi va xavfsizlik kafolatchisi bo‘lib kelgan. Ammo Ukrainadagi urush va mintaqa davlatlarining tashqi siyosatini qayta yo‘naltirishi bo‘shliqni yuzaga keltirdi va AQSH uni faol ravishda to‘ldirmoqda.

    Picture background
    Oq uyda Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari
    Foto: caliber.az

    Arman–ozarbayjon mojarosini hal qilishda asosiy vositachi rolini o‘z zimmasiga olib, muhim transport arteriyasini nazorat qilish orqali Vashington mintaqaning Moskvaga qaramligini kamaytirmoqda va Rossiyani odatiy hakamlik rolidan siqib chiqarmoqda.

    Zangazur koridori Ozarbayjondan uning Naxichevan eksklaviga, u yerdan esa Turkiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘lini yaratadi va Eron hududini chetlab o‘tadi. Bu “Shimol–Janub” koridori hamda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi boshqa yo‘nalishlarda Eronning tranzit davlati sifatidagi salohiyatini pasaytiradi. AQSH uchun bu nafaqat Eronga iqtisodiy bosim o‘tkazish, balki uning mintaqaviy geosiyosiy ambitsiyalarini cheklash va shimoliy chegaralarida G‘arb nazoratidagi transport markazini yaratish imkoniyatidir.

    Zangazur yo‘nalishi “O‘rta koridor” (Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi)ning muhim bo‘g‘inidir. U Xitoy va Markaziy Osiyoni Rossiya va Eron hududlaridan chetlab o‘tgan holda Yevropa bilan bog‘lashga mo‘ljallangan. Ushbu uchastka ustidan nazorat AQSHga Yevrosiyo savdo va logistikasiga ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.

    Picture background
    Foto: haberler.com

    Xitoy omili

    AQSH bilan qarama-qarshilikning tobora ortib borishi – Xitoy uchun quruqlik orqali Yevropaga boradigan yangi yo‘llarni izlashni taqozo qilmoqda.

    O‘rta yo‘lak Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusiga to‘liq mos keladi. U Rossiya va Suvaysh yo‘llaridan mustaqil, Kaspiy orqali o‘tuvchi variantdir. Zangazur — aynan shu yo‘lning Janubiy nuqtasi. Shuning uchun ushbu koridor “Bir kamar, bir yo‘l” maqsadlariga mos keladi.

    O‘rta yo‘lak va Zangazur bo‘g‘ini ishga tushsa, Xitoydan Yevropagacha multimodal tranzit vaqtlarini sezilarli qisqartirish mumkin. Mavjud tahlillarda umumiy vaqt 12 kungacha yoki ba’zi segmentlarda 15 kungacha qisqarishi ko‘rsatilgan. Bu Xitoyning yetkazib berish zanjirlarini diversifikatsiya qiladi va ba’zi mahsulotlarda logistik xarajatlarni pasaytiradi.

    Zangazur orqali Xitoy Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz orqali Turkiya va Yevropa bozorlariga yanada tezroq chiqishi mumkin. Bu esa energetika va tovar tranziti uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari uchun yangi infratuzilma loyihalarida ishtirok etishga imkoniyat paydo bo‘ladi. Biroq bir muammo bor. U ham bo‘lsa koridorni AQSH ixtiyoriga o‘tgani.

    Picture background
    Xitoyning "bir makon, bir yo‘l" loyihasi
    Foto: YouTube

    Chunki Qo‘shma Shtatlar tranzit oqimlari va qoidalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni turli tariflar, tranzit qoidalari, ruxsatnomalar orqali iqtisodiy bosim va siyosiy shantaj mexanizmlari ishga solinish ehtimoli katta. Bu esa Xitoy uchun juda noxush holat. Boisi, tranzit yo‘llari endi “neytral” emas, balki strategik vosita aylanmoqda.

    Xulosa qilib aytganda, Zangazur yo‘lagi atrofidagi bahslar shuni ko‘rsatadiki, bu loyiha oddiy transport yo‘lagi emas — bu mintaqa geosiyosatining markaziy elementi. U ba’zilar uchun iqtisodiy taraqqiyot ko‘prigi bo‘lishi mumkin, boshqalar uchun esa geosiyosiy tuzoq sifatida ko‘riladi. Yakunda yo‘lakning taqdiri faqat Ozarbayjon va Armaniston qarorlariga emas, balki Moskva, Anqara, Tehron, Vashington va Pekinning strategik o‘yinlariga ham bog‘liqdir.

    12 avgust, 20:12   Izoh (0)   1854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Ozarbayjon#Armaniston#Zangazur#Tramp#Rossiya
    Sardor Ali Nurmatov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45

    Superliga. “Qo‘qon-1912” safarda “Sho‘rtan”dan ustun keldi

    Sport | 12 avgust, 22:42

    O‘zbekistonda oylik daromadi ko‘plar inflyatsiyani kuchliroq sezayotgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 22:30

    Koinotda ilk bor Quyosh tizimining egizagi topildi

    Dunyo | 12 avgust, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.