Paradoksal tuyulishi mumkin, ammo so‘nggi paytlarda ko‘pchilik smartfonlardan voz kechmoqda. Smartfon o‘rniga tugmachali telefonlar qaytadan ommalashmoqda.

Smartfon — qimmat buyum
Birinchidan, zamonaviy smartfon uchun yaxshigina xarajat qilish kerak. Tugmachali telefon esa smartfonlardan bir necha barobarga arzonga tushadi. Bunday telefonlarning 4G va WhatsApp kabi ilovalarni o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlaydigan modellari ham bor. Ular KaiOS yoki hatto Android operatsion tizimida ishlaydi.
Smartfon — juda mo‘rt
Har qanday smartfonning (maxsus himoyalanganlari bundan mustasno) asosiy kamchiligi — ekrani sinsa, aloqasiz qolasiz. Ba’zida hatto favqulodda xizmatlarni ham chaqirishning iloji bo‘lmaydi. Yaxshi tugmachali telefon esa egasiga ancha yillar xizmat qiladi.
Smartfon — juda ko‘p keraksiz ma’lumot
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik kunining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini smartfon ekrani oldida o‘tkazadi. Ko‘pchilik foydali ish bilan shug‘ullanmaydi — rilslarni ko‘radi, yangiliklar tasmasini tomosha qiladi. Haddan tashqari ko‘p ma’lumot miyaga bosim beradi, diqqatni susaytiradi.
Smartfonda kontentni iste’mol qilishdan tashqari, uni tushunish va undan to‘g‘ri foydalana olish ham kerak.
Smartfon — xavfsiz emas
Internetdagi hisoblar va bank kabineti smartfonga bog‘langan davrda bu katta xavf tug‘diradi. Misol uchun, agar smartfon ichiga virus kirib qolsa, u SMS’dagi ma’lumotlarni ushlab olishi va bank hisobiga kirishi mumkin. Biroq tugmachali telefonlarning 99 foizida internet va ilova o‘rnatish imkoniyati yo‘q. Bunday qurilmadan foydalanish ancha xavfsizroq. Ko‘pchilik smartfondan foydalanadi, lekin hisob raqamlar va bank kabineti bog‘langan tugmachali telefoni ham bor.
Smartfonlardan voz kechiladimi?
Albatta, yo‘q, lekin raqamli dunyodan charchagan odamlar allaqachon bunday qurilmalardan voz kechmoqda. Ayniqsa, ular ko‘p vaqtini kompyuter oldida o‘tkazsa. Shuni tushunish kerakki, smartfon — undan to‘g‘ri foydalanishni bilish kerak bo‘lgan vositadir. Ha, hozirgi dunyo smartfonlarsiz bo‘lishi mumkin emas — ular ishda, o‘qishda va dam olishda yordam beradi. Ammo tugmachali telefonlar ham bor, ular sizni aloqasiz qoldirmaydi, lekin tez rivojlanayotgan raqamli dunyodan dam olish imkonini beradi.
Izoh (0)