Suriya respublika gvardiyasi jangchilari “Jabhat an-Nusra” jangarilarining Damashq markaziga shaharning sharqiy qismlaridan yorib o‘tishga navbatdagi urinishini bartaraf etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jangarilar Jobar dahasidagi to‘qimachilik fabrikasi hududida hukumat kuchlari marralariga hujum uyushtirdi. Berilgan zarbalar natijasida ular safida yo‘qotishlar kuzatildi va ortga chekinishga majbur bo‘ldi.
Hafta boshidan beri terrorchilar suqilib kirgan sharqiy hududlarni tozalash bo‘yicha operatsiya davomida 450 nafardan ortiq jangari yo‘q qilindi. Ular Suriya poytaxtining sharqiy darvozalari — Abbosiylar maydonini egallashga uringandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)