Britaniya politsiyasi Londonda terakt amalga oshirilishiga aloqadorlikda gumon qilib, yana 2 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Skotlend-Yard aksilterror bo‘linmasi boshlig‘i Mark Rouli ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Davom etayotgan tekshiruv doirasida yana ikki kishi qo‘lga olindi. Hozirda 9 kishi hibsda qolmoqda, bir ayol garov evaziga qo‘yib yuborildi”, — deya ta’kidladi Rouli.
Oldinroq mamlakatda o‘tkazilayotgan aksilterror operatsiyasi davomida 7 kishi qo‘lga olingani xabar qilingandi. Ulardan uch nafari Birmengemda hibsga olindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)