Meksikaning Salamanka shahridagi (Guanaxuato shtati) Pemex neftgaz kompaniyasi yoqilg‘i terminalidagi portlash qurbonlari soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida jabrlangan 2 kishi 23-mart, payshanba kuni kasalxonada vafot etdi.
Portlash 15-mart kuni sodir bo‘lgan, o‘shanda 8 kishi yaralangani haqida xabar berilgandi.
Keyinchalik ulardan 5 nafari olingan jarohatlar oqibatida kasalxonada olamdan o‘tgani bildirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)