Makka va Madina shaharlari o‘rtasidagi tezkor temir yo‘l tarmog‘i qurilishi yakuniga yetmoqda. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar berdi.
Haramain Express ekspress-poyezdini ishga tushirayotgan qurilish kompaniyasi rejalashtirilgan 450 kilometr yo‘ldan 430 kilometrini bitirib bo‘ldi.
Jiddadan Makkaning “Ar-Rusaifa” vokzaligacha eltuvchi yo‘lning qolgan qismini tez orada yakunlash mo‘ljallangan. Barcha qurilish ishlari tugagach, 2017-yilning dekabr oyida ilk sinov poyezdi qatnovini boshlaydi.
Ikki muqaddas shaharni birlashtiruvchi temir yo‘l Saudiya hukumati uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyiha kechikishlarsiz, belgilangan jadval bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)