Kanadaning Kvebek shahridagi masjidga uyushtirilgan hujum natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan. Bu haqda Reuters politsiya vakillariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Politsiya, shuningdek, ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinganini tasdiqladi.
Kanada OAVlariga ko‘ra, niqob taqqan noma’lum kimsalar kechki namoz vaqtida masjidni o‘qqa tutgan. Bu vaqtda bino ichida, turli ma’lumotlar bo‘yicha, 40 dan 100 nafargacha kishi bo‘lgan.
Kvebek provinsiyasi bosh vaziri Filipp Kuyar hujumni terakt deb atadi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo esa hodisaga “bema’ni zo‘ravonlik akti” va “musulmonlarga nisbatan terrorchilik hujumi” deb ta’rif berdi.
Izoh (0)