Dubayning Madinat Jumeirah tumanida hordiq chiqarayotganlarni o‘tgan dam olish kunlari BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum kutilmagan tashrifi bilan hayratda qoldirdi, deb yozadi UAE Inside.
Dubay hukmdori o‘z jamoasi bilan shoshmasdan restoranlar yonidan o‘tib, Jumeirah Al Qasr mehmonxonasiga yo‘naldi. Madinat Jumeirah tumanida sayr qilib yurgan Shayx Muhammadning fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tezkorlik bilan ommalashib ketdi.
https://www.instagram.com/p/BPfI7REgGW_/
Bu Dubay hukmdorining sayyohlik va jamoatchilik joylariga bir oy ichidagi ikkinchi rejalashtirilmagan tashrifidir. O‘tgan haftagina Shayx Muhammad Westin Dubai Mina Seyahi mehmonxonasiga kelgan edi.
https://www.instagram.com/p/BPhELakgo-L/
Uning mehmonxona eshigi yaqiniga to‘xtagan “1” raqamli avtomobili katta e’tibor obyektiga aylandi.
Izoh (0)