• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Tramp muhojirlarga qarshi. Asosiy ma’lumotlar: AQSh aeroportlarida namoyishlar boshlandi, sudyalar prezident farmoni ijrosini to‘xtatib qo‘ydi

    Donald Tramp musulmon mamlakatlardan kelayotgan muhojirlarning AQShga kirishini cheklash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganidan keyingi birinchi kunda AQSh chegara xizmatlari 200 nafarga yaqin odamni qo‘lga oldi. Aeroportlarda muhojirlarning qo‘lga olinishiga qarshi namoyishlar boshlandi; o‘nlab xalqaro yetakchilar va boshqa nufuzli shaxslar Trampning ko‘rsatmalarini tanqid ostiga oldi. Namoyishlarning birinchi kuni yakuniga ko‘ra, sud prezident farmoni ijrosini to‘xtatib qo‘ydi. Meduza nashri Tramp va musulmon mamlakatlar muhojirlari qarama-qarshiligining asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Donald Tramp 27-yanvar kuni AQShga qochoqlarning kirishini cheklash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Farmonga muvofiq, barcha qochoqlarni qabul qilish to‘rt oyga to‘xtatiladi. Bundan tashqari, farmon Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yamanning hatto AQSh vizasiga ega fuqarolariga mamlakatga kirishni uch oyga taqiqlaydi. Cheklov “grin-karta” egalariga — ya’ni, AQShda rasman yashash va ishlash uchun guvohnomaga egalarga ham taalluqli. CNN’ning yozishicha, endi “grin-karta”ning mavjudligi nomlari sanab o‘tilgan mamlakatlardan kelganlarning AQSh hududiga kiritilishiga asos bo‘la olmaydi. Tramp mazkur farmon terrorchilikka qarshi kurash uchun zarurligini ta’kidlagan.

    Hukumat bu farmonni qanday talqin qilish kerakligini darhol anglay olgani yo‘q. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, odatdagi amaliyotdan farqli ravishda, bu hujjat Adliya vazirligi mutaxassislari ishtirokisiz tayyorlangan — vazirlik vakillari odatda ijro hokimiyati uchun farmon va qonunlar ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlab berardi. Bundan tashqari, chegara xizmatiga mas’ul hisoblangan vazirlik ham farmon matni bilan faqat hujjat imzolanayotgan kunda tanishishga muvaffaq bo‘lgan.

    CNN’ning xabar berishicha, chegara xizmati cheklov aynan qaysi mamlakatlarning fuqarolariga daxl qilishini dastlab bilmagan. Hujjatda mamlakatlarning nomi ko‘rsatilmagan: u Obama ma’muriyatining vizasiz kirishni cheklash to‘g‘risidagi nizomi bilan tasdiqlangan mamlakatlar ro‘yxatiga havola beradi (mazkur nizomga muvofiq, nomlari ko‘rsatilgan mamlakatlarda bo‘lgan xorijliklar ham AQShga vizasiz kira olmaydi).

    Dastlab vazirlik xodimlari farmon “grin-karta”si borlarga ta’sir qilmaydi, degan fikrga kelgan; bu haqdagi tegishli ma’lumotnomalar aeroportlarga yo‘llangan. Biroq ko‘p o‘tmay Oq uy “grin-karta” egalarining AQShga kiritilishi masalasi individual tarzda hal etilishi lozim, deb turib olgan.

    28-yanvar kuni Amerika hukumati Trampning ko‘rsatmasini bajarishga kirishdi. Prezident farmonida ko‘rsatilgan mamlakatlardan kelayotganlarni aeroportlarda qo‘lga olish boshlandi. The New York Times’ning hisob-kitobiga ko‘ra, birinchi kuni Kennedi aeroporti va mamlakatning boshqa xalqaro aeroportlarida 200 nafarga yaqin odam qo‘lga olingan. Reuters’ning xabar berishicha, Qohira aeroportidagi aviakompaniyalarga farmonda ko‘rsatilgan mamlakatlarning fuqarolarini AQShga olib ketish taqiqlangan — ularning vizasi yoki “grin-kartasi” bo‘lsa ham.

    AQShning yirik aeroportlarida Trampning farmoniga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Shanba kuni tongdan Nyu-York, San-Fransisko, Chikago, Sietl va boshqa yirik shaharlarning aeroportlarida muhojirlarni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Aeroportlarga kelgan odamlar prezidentning harakatlari aksilkonstitutsiyaviy deb topilishini talab qilgan. Butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlarida minglab odamlar qatnashmoqda.

    Trampning ko‘rsatmalariga xalqaro tashkilotlar va bir qator mamlakatlarning yetakchilar qarshi chiqdi. Xususan, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Amerika aeroportlarida qo‘lga olingan odamlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Trampning farmonini Germaniya kansleri Angela Merkel (u 2015-yilgi migratsiya inqirozi vaqtida qariyb million qochoqni Germaniyaga joylashtirishga rozi bo‘lgan edi), Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt tanqid qildi. Siyosatchilar qatoriga boshqa nufuzli shaxslar, xususan, Facebook rahbari Mark Sukerberg va Google asoschisi Sergey Brin ham qo‘shildi — Verge’ning yozishicha, Brin hatto San-Fransisko aeroportida namoyishchilar bilan bir safda turgan. Ayni vaqtda, The New York Times’ning qayd etishicha, bir qator tashkilotlar, xususan, teraktlar natijasida yaqinlarini yo‘qotgan amerikaliklar birlashmasi Trampning farmonini olqishlagan.

    29-yanvarga o‘tar kechasi sudlar prezident farmoni ijrosini to‘xtatishni boshladi. Vizasi bo‘lgani holda, Nyu-York aeroportida qo‘lga olingan ikki Iroq fuqarosi nomidan huquq himoyachilari Bruklindagi federal okrug sudiga da’vo bilan murojaat qilgan. Sudya bu va boshqa odamlarning AQShga kirishini rad etish bilan ularga “tuzatib bo‘lmas zarar” yetkaziladi, deb hisobladi va ularning deportatsiyasini 90 kunga to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Keyinroq Trampning farmoni ijrosini to‘xtatuvchi sud qarorlari Boston, Aleksandriya va Sietlda ham qabul qilingan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    30.01.2017, 11:10   Izoh (0)   15307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kanadaning Kvebek shahri masjididagi otishma tufayli 5 kishi halok bo‘ldi

    30.01.2017, 11:06

    Hindistonda quyuq tuman tufayli 30 mashina to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

    30.01.2017, 10:57

    Suriyaning Dayr-az-Zor shahrida o‘qqa tutishlar oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

    30.01.2017, 10:05

    12 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari Trampning muhojirlar haqidagi farmoniga qarshi petitsiyani imzoladi

    30.01.2017, 10:00

    Eron Trampning farmoni tufayli AQShga norozilik bildirdi

    30.01.2017, 08:01

    Eron tashqi ishlar vaziri Trampning migratsiya siyosatini “ekstremistlar uchun sovg‘a” deb atadi

    29.01.2017, 22:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.