Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kvebek-Sitidagi masjidda yuz bergan otishmani qo‘rqoqlarga xos hujum deb atadi. Bu haqda hukumat rahbari o‘z Twitter’ida yozdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Bugun kanadaliklar Kvebekdagi masjidda sodir bo‘lgan qo‘rqoqlarga xos hujum natijasida halok bo‘lganlarga motam tutmoqda. Mening bor fikrim hozir hujum qurbonlari va ularning oilalari bilan band”, — deya qayd etdi Tryudo.
Tryudo, shuningdek, teraktga aloqadorlar topilishini ma’lum qildi. U hodisani “bema’ni zo‘ravonlik akti” va “musulmonlarga nisbatan terrorchilik hujumi” deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Guvohlar otishma chog‘ida masjidda 40 ga yaqin kishi bo‘lganini bildirmoqda. Politsiya ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi.
Izoh (0)