Qohira aeroportida Iroqning besh fuqarosiga, shuningdek, bir yamanlikka AQShga uchib ketayotgan samolyot bortiga chiqishga ruxsat berilmadi. Bu haqda, aeroportdagi manbalarga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, aeroportdagi bu hodisa AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan asosan musulmonlar istiqomat qiluvchi yetti mamlakat, jumladan, Iroq va Yaman fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi farmon imzolanganidan so‘ng yuz bergan.
Qayd etishlaricha, bu yo‘lovchilar Qohira aeroportidan AQShga uchadigan samolyotga chiqishi kerak bo‘lgan, biroq, ularning haqiqiy va qonuniy vizasi bo‘lishiga qaramay, bu yamanlik va iroqliklar o‘z vataniga qaytarib yuborilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)