Facebook asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidenti Donald Tramp imzo chekkan qochoqlar haqidagi farmonni tanqid ostiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AQSh — ko‘chib kelganlardan tashkil bo‘lgan xalq va biz bundan faxrlanishimiz lozim. Mening ajdodlarim orasida ham Germaniya, Avstriya va Polshada tug‘ilib-o‘sganlar bor. Chindan ham xavf tug‘diradigan shaxslar diqqat markazida bo‘lishi kerak, biroq qochoqlar va yordamga muhtojlar uchun eshiklarni ochiq qoldirish zarur.Donald Tramp 27-yanvar, juma kuni mamlakatga qochoqlar qabul qilishni 120 kunga to‘xtatadigan, suriyalik qochoqlar joylashtirilishini noma’lum muddatgacha man etadigan va AQShga kirib kelish qoidalarini mustahkamlaydigan farmonni imzoladi.Mark Sukerberg, Facebook asoschisi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)