AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning katta qizi Maliya Dakota Access neft quvuri qurilishi qayta tiklanishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishiga qo‘shildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq prezident Donald Tramp ikki neft quvuri — Keystone va Dakota Access qurilishi loyihasini tiklash haqidagi farmonni imzolagandi.
Shimoliy va Janubiy Dakota, Ayova va Illinoys hududidan o‘tuvchi Dakota Access qurilishiga qarshi chiqayotgan faollar mazkur loyiha ichimlik suvi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va “hindularning muqaddas yerlari tahqirlanishi”ga olib kelishidan xavfsiramoqda. O‘tgan yil dekabrida AQSh rasmiylari norozilik namoyishlari qatnashchilari fikriga qo‘shilgan va quvur yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Maliya Obama 18 yoshda bo‘lib, bu yil Garvard universitetiga kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)