BMT qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti AQSh prezidenti Donald Trampni muhojirlarga boshpana berishni davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“AQShning muhojirlarga nisbatan ko‘p yillik siyosati ikki tomon uchun ham foydali edi. Mazkur siyosat dunyodagi eng ojiz insonlar hayotini qutqarar, ular esa daromad olishni boshlab, jamiyatni mustahkamlardi. Dini, irqi va millatidan qat’iy nazar barcha qochoqlar bir xilda himoya va yordamga munosib ekanligiga ishonchimiz komil”, — deyiladi tashkilotlarning qo‘shma bayonotida.
BMT AQSh hukumati bilan muhojirlar masalasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Donald Tramp 27-yanvar, juma kuni mamlakatga qochoqlar qabul qilishni 120 kunga to‘xtatadigan, suriyalik qochoqlar joylashtirilishini noma’lum muddatgacha man etadigan va AQShga kirib kelish qoidalarini mustahkamlaydigan farmonni imzolagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)