Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat “Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Knews xabar bermoqda.
Qonun Qirg‘iziston parlamenti tomonidan 2016-yil 14-dekabrida qabul qilingan edi.
Mazkur qonundan ko‘zlangan maqsad — yoshlarni tarbiyalash hamda jamiyatdagi axloq darajasini oshirish, jamoat joylarida alkogol va tarkibida spirt bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek, giyohvand yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish yo‘li bilan jamoat xavfsizligini ta’minlashdir.
“Qonunda voyaga yetmaganlarni jamiyatga qarshi xulqqa tortgan shaxslarning javobgarligini oshirish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan axborotda.
Xabar berishlaricha, qonun rasman e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)