Suriya masalasi bo‘yicha Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralar chog‘ida arab ommaviy axborot vositalari muxbirlari mushtlashib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa Rixos mehmonxonasi lobbisida, muzokaralarda qatnashayotgan rasmiy Damashq delegatsiyasining rahbari, Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar al-Ja’fariy jurnalistlar oldiga chiqib kelgan vaqtda yuz bergan.
Jurnalistlar al-Ja’fariyni qurshab olgan, ayni vaqtda, operatorlardan biri hamkasblaridan, tasvirga olishda xalal bermasliklari uchun, “boshlarini olib turishni” bir necha bor so‘ragan.
Bir vaqt jurnalistlar arab tilida baqira, mushtlashib ketgan. Biroq ularni tezda tinchlantirishgan.
“RIA Novosti”ning alohida qayd etishicha, Suriya delegatsiyasi rahbari mazkur hodisaga hech qanday munosabat bildirmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)