Rossiya yaqin orada Suriyadan 4 ta Su-24 front bombardimonchisi, shuningdek, maxsus tibbiy otryad shifokorlarini olib chiqib ketadi. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Andrey Kartapolov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Kartapolovga ko‘ra, uchuvchilar hamda shifokorlar tarkibi “bugun va yaqin kunlar mobaynida” doimiy manziliga qaytadi.
Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov oldinroq mamlakatga Xmeymim aviabazasidan birinchi 6 ta Su-24 yetib kelgani, shuningdek, “Admiral Kuznetsov” kreyseri boshchiligidagi aviatashuvchi guruh va kema aviatsiyasining 40 dan ortiq uchish qurilmalari qaytayotganini bildirgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)