Amazon internet-kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeff Bezos (Forbes versiyasi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi eng badavlat odam) og‘ir sinfdagi kosmik eltuvchi raketa yaratish ishlari boshlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Snob”.
Bezosga tegishli The Washington Post gazetasi New Glenn raketasining qiyosiy eskizlarini keltirdi, ularga ko‘ra, raketa Saturn V (AQShning Oy dasturiga tegishli uchiruvchi raketa) raketasidan birozgina kaltaroq, birinchi bosqich diametri bo‘yicha esa barcha zamonaviy eltuvchi raketalardan ustun.
Raketa sinalayotgan dastur doirasida orbitaga yuklarni yetkazib berish maqsadida yaratilayotgani va u “joriy o‘n yillik oxirida” sinovlarga tayyor bo‘lishi ma’lum qilindi. “Bizning nishonimiz — koinotda yashayotgan va ishlayotgan millionlab odamlar, New Glenn esa ushbu yo‘nalishda eng muhim qadamdir”, — dedi Bezos.
Izoh (0)