Qrimni qaytarish masalasini BMT xalqaro sudida ko‘rib chiqish uchun Rossiyaning roziligi kerak. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yelena Zerkal ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT xalqaro sudi yurisdiksiyasini tan olish faqat muayyan konvensiyalar asosida bo‘lib o‘tgan.
“Ushbu masalani BMT xalqaro sudida ko‘rib chiqishga Rossiyaning roziligi talab etiladi, boshqa tomonning roziligi bo‘lmasa, u masalani ko‘rib chiqa olmaydi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Zerkal.
Shu bilan birga, u Rossiya va Ukraina sud va arbitraj institutlari yurisdiksiyasi majburiy ekanligini tan olgan sakkizta hujjat mavjud ekanligini ta’kidladi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya ushbu konvensiyalar doirasida BMT xalqaro sudi yurisdiksiyasini tan olganini, bu agar BMT xalqaro sudi tegishli dastlabki choralarni ko‘rsa, Rossiyada ularga rioya qilmaslik uchun siyosiy yoki xalqaro huquqiy vositalar bo‘lmasligini bildirishini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)